«ta’lim sifati» tegli maqolalar


Maktab o‘quvchilarining bilimi yakuniy imtihonlarda yangicha usulda baholanadi
28 mart 2024, 23:37

Maktab o‘quvchilarining bilimi yakuniy imtihonlarda yangicha usulda baholanadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining yakuniy imtihonlardagi bilimi yagona test materiallari asosida baholanadi. Imtihonlar davomida o‘quvchilar oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga mos keladigan fanni tanlashlari mumkin bo‘ladi. Yangi o‘quv yilidan 14 ta maktabda ingliz tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

Ta’lim sifati bilan bog‘liq ahvol qoniqarli emas — xalq ta’limi vaziri
30 noyabr 2021, 11:24

Ta’lim sifati bilan bog‘liq ahvol qoniqarli emas — xalq ta’limi vaziri

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov uchta viloyatga tashrifdan so‘ng, maktablardagi ahvolni qoniqarli emas deb atadi. «Afsuski, hatto o‘z fani bo‘yicha oddiy savolga ham javobni bilmaydigan o‘qituvchilar bor ekan», — dedi u. U o‘qituvchilar qo‘lida inson taqdiri yotganini aytib, «jonkuyarlik bo‘lmasa nima qiladi bu kasbni tanlab?» degan savolni o‘rtaga tashladi. Vazir ta’lim sifatini yaxshilash uchun katta va ko‘p ishlar qilish kerakligini ma’lum qildi.

Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga boshqa hududdan o‘qituvchi jalb qilish tartibi belgilandi
19 oktabr 2021, 17:04

Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga boshqa hududdan o‘qituvchi jalb qilish tartibi belgilandi

Hukumat qaroriga ko‘ra, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinadi. Shuningdek, pedagogika yo‘nalishlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

«Qishloqlardagi maktablar ahvoli qanday ekanini bilaman». Shavkat Mirziyoyev ta’limda amalga oshiriladigan islohotlar haqida
9 sentabr 2021, 12:41

«Qishloqlardagi maktablar ahvoli qanday ekanini bilaman». Shavkat Mirziyoyev ta’limda amalga oshiriladigan islohotlar haqida

Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi doirasida kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, 7 mingdan ziyod yangi bog‘cha qurish orqali maktabgacha ta’limdagi qamrovni 80 foizga yetkazish, maktablarni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish, 1,2 mln o‘quvchi o‘rnini yaratish, qolaversa, oliy ta’lim qamrovini 50 foizga, xususiy oliygohlar sonini esa 50 taga yetkazish, 100 ming o‘rinli talabalar yotoqxonalarini barpo etish rejalari ma’lum qilindi.

Ro‘mol bilan saylovning hech qanday aloqasi yo‘q — Chinozdagi 45-maktab direktori uzr so‘radi
18 may 2021, 16:27

Ro‘mol bilan saylovning hech qanday aloqasi yo‘q — Chinozdagi 45-maktab direktori uzr so‘radi

Ro‘mol o‘ragan qizlarga saylov sababli ularga indashmayotgani, saylovdan keyin «qanaqadir tashkilotlar» ota-onalarini surishtirishini aytgan Chinozdagi 45-maktab direktori bu haqda hech qanday organlardan topshiriq bo‘lmaganini bildirdi. U jamoatchilik va ota-onalardan uzr so‘radi.

Ta’lim sifatini baholaydigan nodavlat tashkilot tuziladi
14 oktabr 2020, 17:25

Ta’lim sifatini baholaydigan nodavlat tashkilot tuziladi

O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘qitish sifatini baholashga muqobil shakllarni tatbiq etish maqsadida «Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi» nodavlat ta’lim tashkiloti tashkil etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting